Norvegiyada yangi binolarda endi bombapanagohlar ham quriladi. Ushbu amaliyot 1998 yilda bekor qilingandi
Bunday talablar maydoni ming metr kvadratdan oshadigan binolarga nisbatan qo‘llanadi. Norvegiyada 20 mingga yaqin panagoh mavjud bo‘lib, ularga 2,5 million kishi sig‘adi.

Foto: AFP
Norvegiya hukumati 10 yanvar kuni developerlar (yangi ko‘chmas mulk obektlarini qurish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar) zimmasiga yangi binolarda bombapanagohlarni ham qurish majburiyatini yuklashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi NRK teleradiokompaniyasi.
«Atrofimizda noaniqliklar ortib bormoqda. Biz mamlakat aholisi haqida qayg‘urishimiz va urush yoki qurolli hujum kabi yomon ssenariyni ham ko‘rib chiqishimiz kerak», — deydi adliya va jamoat xavfsizligi vaziri Emili Mel.
Bunday talablar maydoni ming metr kvadratdan oshadigan binolarga nisbatan qo‘llanadi. Panagoh ikki xil bo‘ladi: birinchisi kimyoviy va radioaktiv moddalardan, ikkinchisi esa oddiy qurollardan himoyani ta’minlash kerak.
Norvegiyada 1998 yilga qadar har qanday yirik turar joy kompleksida bombapanagoh bo‘lishi talab etiladigan qonunchilik normasi amalda bo‘lgan. U bekor qilinganidan keyin mamlakatda birorta ham yangi bombapanagoh qurilmagan.
Hukumatning ma’lum qilishicha, hozirda Norvegiyada 20 mingga yaqin panagoh mavjud. Ularga 2,5 million kishi sig‘adi — bu mamlakat aholisining 45 foizi demak. Boshqa Skandinaviya mamlakatlaridagi bombapanagohlar esa aholining 70-90 foiziga mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi
Jahon | 11:24
-
Tramp maxsus vakili HAMASning AQShga javobini «mutlaqo qabul qilib bo‘lmas» deb atadi
Jahon | 11:09
-
O‘zbekiston va Malayziya maktab o‘qituvchilari malakasini oshiradi
O‘zbekiston | 10:51
-
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi
Jahon | 10:50
Mavzuga oid

16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi

20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi

22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin

16:49 / 15.02.2025