Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi
Pokiston va Afg‘oniston chegarasida maxsus operatsiya o‘tkazildi.

Foto: Anadolu Agency
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti va Pokiston Xizmatlararo razvedkasi o‘rtasida o‘tkazilgan mushtarak operatsiya chog‘ida IShID terror tashkiloti yetakchilaridan biri O‘zg‘ur Altun qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya xavfsizlik kuchlaridagi manbalar xabar berdi.
Pokiston va Afg‘oniston chegarasida maxsus operatsiya o‘tkazildi. Qo‘lga olingan terrorchi «o‘ta yuqori toifa» bo‘yicha qidiruvga berilgan.
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti Abu Yaser Al Turkiy shartli nomi bilan ham tanilgan O‘zg‘ur Altun aslida IShIDning yuqori martabali a’zosi ekanligini aniqladi. U guruhning media va logistika tarmoqlarida muhim rol o‘ynagan.
U, shuningdek, Turkiya va butun Yevropadagi konsert maydonchalari va boshqa tinch aholi nishonlariga hujum uyushtirishda ayblanmoqda.
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti Altun faoliyatini kuzatgan hamda u Yevropa va Markaziy Osiyodan Afg‘oniston va Pokiston tomon IShID jangarilarining harakatini muvofiqlashtirgan degan xulosaga kelgan.
Razvedka ma’lumotlari almashinuvi chog‘ida Pokistonning Xizmatlararo razvedka boshqarmasi Altunning Afg‘onistondagi mavjudligi va uning Pokistonga o‘tish niyati haqida ma’lumot oldi.
Ikki davlat razvedka xizmatlari hamkorlikda o‘tkazgan operatsiya natijasida terrorchi Afg‘oniston-Pokiston chegarasida qo‘lga olindi. Shundan so‘ng u qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun Turkiyaga ekstraditsiya qilindi.
Mavzuga oid

12:32 / 03.06.2025
O‘zbekiston va Pokiston qishloq xo‘jaligi texnikalarini birgalikda ishlab chiqaradi

00:40 / 03.06.2025
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

18:35 / 02.06.2025
Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari yopiq eshiklar ortida o‘tdi

18:39 / 31.05.2025