O‘zbekistondan qo‘shni davlatlarga yangi avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilmoqda
Qozog‘istonning Orda.kz axborot agentligi "O‘zbekiston Qozog‘iston shaharlariga yangi avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda" sarlavhali maqola e’lon qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
"O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat Qozog‘iston orqali Rossiyaga boruvchi bir nechta yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘ymoqda" – deb yozadi agentlik.
Qayd etilishicha, Buxoro, Urganch va Farg‘ona shaharlaridan Qozog‘istonning Turkiston, Oqtov va Olmaota viloyatlariga avtobuslar yurishi kutilmoqda.
Maqolada, shuningdek, Qozog‘iston hududi orqali Rossiyaga yo‘l oladigan beshta yo‘nalish yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.
"Xitoy, Qirg‘iziston va Tojikistonning ayrim hududlariga avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda", - deb yozadi agentlik O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabaridan iqtibos keltirib.
Mavzuga oid

15:04 / 29.06.2025
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15:06 / 27.06.2025
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi

15:59 / 18.06.2025
Ko‘plab avtobus bekatlari talabga javob bermaydi – Raqobat qo‘mitasi

12:53 / 12.06.2025