Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
U 21 yoshli qizlarni aldab, katta pul topishga ishontirgan.

Foto: IIBB
Toshkent xalqaro aeroportida 2 nafar qizni aldov yo‘li bilan Turkiyaga jo‘natayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Toshkent viloyati IIBB xabariga ko‘ra, Nurafshon shahrida yashovchi 25 yoshli ayol N.K. oson pul topish maqsadida Bekobod shahri va O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki qiz — S.T. va M.M.ni katta pul topishga ishontirgan.
Biroq u qizlarni aeroportda Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari boshlangan.
Mavzuga oid

14:59 / 14.07.2025
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi

18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

21:44 / 26.06.2025
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi

18:13 / 19.06.2025