Yakkasaroyda Epica yonib ketdi
Yakkasaroy tumani Afrosiyob ko‘chasida Epica rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqdi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yakkasaroy tumanida yonib ketgan transport vositasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 28 yanvar kuni soat 19:00 larda Yakkasaroy tumani Afrosiyob ko‘chasida Epica rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
«Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Cobalt, Yangihayot tumanida Captiva va Nexia, Toshkent viloyatida esa Mazda mashinalari yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

10:03
Toshkentda onlayn savdo platformasida 3 yoshli bolani kim sotuvga qo‘ygani aniqlandi

09:46
Toshkentliklar uchun qadrdon kanallarning qiyofasi o‘zgaradi. Cho‘milish joylari ko‘zda tutilganmi?

14:41 / 26.06.2025
Toshkent bosqinining 160 yilligi mavzusida ilmiy yig‘in o‘tkazildi

21:25 / 25.06.2025