Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela olti nafar amerikalikni ozod etdi
Donald Trampning maxsus vakili Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, mamlakatda hibsda saqlanayotgan olti nafar AQSh fuqarosi ozod etildi.

Foto: Richard Grenell/AFP
AQSh Venesuelada hibsga olingan olti nafar fuqarosini ortga qaytarmoqda. Bu haqda prezident Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qildi, deb yozadi Associated Press.
Trampning maxsus vakili Richard Grenell Karakasga safari yakunlari bo‘yicha ozod etilgan amerikaliklar prezident bilan gaplashganini ma’lum qildi.
«Biz allaqachon yo‘lga chiqdik va olti nafar amerikalik bilan uyga otlanmoqdamiz», — deb yozadi Grenell X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga. U samolyot bortida ketayotgan olti kishining suratini e’lon qilgan.
AQSh prezidentining maxsus vakili 31 yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan muzokaralar o‘tkazdi. Venesuela TIV ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinganini bildirdi. Muzokaralar o‘zaro hurmat muhitida o‘tgan. Davlat departamentiga ko‘ra, noqonuniy migrantlarni Venesuealaga qaytarish va Amerika fuqarolarini ozod etish masalasi muhokama qilingan.
Donald Tramp amerikaliklarning ozod etilishidan oldin Jo Bayden ma’muriyatini «Venesueladan million barrel neft» sotib olgani uchun tanqid qilgandi. U «bunday ahmoqlikning takrorlanishiga» yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025