«Piyodani urib, qochib ketgan» - Namanganda qora Gentraʼlarga tekshiruv boshlandi
11 fevral kuni Namangan shahrida davlat raqamisiz bo‘lgan qora Gentra rusumli avtomobil piyodani urib qochib ketgan. YHXX matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, natijada piyoda vafot etgan, ayni paytda qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida «barcha qora Gentraʼlar jarima maydoniga olib kirilmoqda», degan sarlavha bilan videolar tarqaldi. Shuningdek, xabarlarda Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan Namanganga borgan qora Gentraʼlar ham ushlanib, tekshirish uchun jarima maydoniga olib kirilmoqda ekan.
Videoda yuzlab qora mashinalar to‘planib turganini ko‘rish mumkin.
YHXX matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, haqiqatan ham 11 fevral kuni Namangan shahrida davlat raqamisiz bo‘lgan qora Gentra rusumli avtomobil piyodani urib qochib ketgan. Natijada piyoda vafot etgan. Ayni paytda Gentra va uning haydovchisini qidiruv ishlari borilmoqda.
Mavzuga oid

16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?

17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi

20:16 / 18.05.2025
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi

21:56 / 15.05.2025