Chet tili o‘qituvchilari uchun 50 million so‘mlik subsidiya ajratiladi
Kasbiy ta’lim tashkilotlari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun bir martalik subsidiya ajratiladi. Ushbu rag‘batlantirish chorasi xorijiy tillarni o‘rgatish sifatini oshirish hamda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilmoqda.
Reyting qanday tuziladi?
O‘qituvchilar reytingi ularning bitiruvchilari xalqaro til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan holatiga qarab aniqlanadi. Xususan, ingliz, koreys, nemis va yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan o‘quvchilar soniga qarab, eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 50 nafar o‘qituvchi har biri 50 million so‘mdan subsidiya oladi.
Qanday qatnashish mumkin?
Chet tili o‘qituvchilari o‘z arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 2025 yil 25 fevralga qadar topshirishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tish va zarur hujjatlarni taqdim etish uchun maxsus HAVOLA orqali murojaat qilish mumkin.
Tashabbus nimani ko‘zlaydi?
Mazkur reyting O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi PQ-367-sonli qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kasbiy ta’lim muassasalari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida chet tillarini o‘qitish sifatini xalqaro standartlar asosida oshirishni maqsad qilgan. Migratsiya agentligining +99871-202-33-55 (ichki raqam 32) raqamlari orqali qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi

09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti

17:10 / 02.05.2025