Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi
Holat Ko‘kdala tumanidagi 35-maktabda sodir bo‘lgandi. Aniqlanishicha, o‘qituvchi davlat imtihoni boshlanishidan oldin javoblar nusxasini chiqarib, imtihonga puxtaroq tayyorgarlik ko‘rish uchun bitiruvchilarga tavsiya qilgan; qog‘ozlar kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchi shaxsga sotish uchun berilganini, agar xohlovchilar bo‘lsa xarid qilishi mumkinligini aytgan.

Foto: Videodan kadr
Kun.uz Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi 35-maktabda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi imtihon javoblarini sotgani aytilgan videodan xabar e’lon qilgandi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, haqiqatan ham shu yil 28 may kuni ona tili va adabiyoti fanidan o‘tgan imtihonda shunday voqea sodir bo‘lgan. Davlat imtihoni boshlanishidan oldin o‘qituvchi 11-sinf bitiruvchilariga imtihon savollarining javoblari nusxasini chiqarganini ko‘rgazma sifatida ko‘rsatib, imtihonga puxtaroq tayyorgarlik ko‘rish va bilimlarini mustahkamlashi uchun tavsiya qilgan.
“Bu javoblarni kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchidan sotishga berilganini aytib, agar xohlovchilar bo‘lsa 5 ming so‘mdan sotib olishlari mumkinligini aytgan”, – deyiladi izohda.
Qayd etilishicha, aniqlangan kamchiliklarga asosan maktab direktoriga ta’sir chorasi qo‘llangan. O‘zboshimchalik bilan ish tutgan videolavhadagi fan o‘qituvchisi ishdan olingan.
Mavzuga oid

07:42 / 26.07.2025
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi

13:14 / 23.07.2025
Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi

10:01 / 22.07.2025
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi

15:07 / 21.07.2025