Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uchib yurgan kalxat hayvonot bog‘iga qaytarildi
Hayvonot bog‘ida o‘sgan va yovvoyi tabiatda yashashga moslashmagan qush Toshkent hayvonot bog‘i va Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan ushlandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi metro bekati yaqinida kalxat yirtqich qushi uchib yurgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati xabariga ko‘ra, kalxat «o‘z uyiga» qaytarilgan.
«Bizning Qumoy G‘o‘sha kichik sarguzashtga otlangan ko‘rinadi! U bir necha kun shaharni o‘rgandi, lekin oxir-oqibat o‘z uyidan yaxshi joy yo‘qligini tushundi. Toshkent hayvonot bog‘i va Ekologiya vazirligi xodimlari uning harakatlarini diqqat bilan kuzatib bordi va kerakli paytda unga uyga qaytishga yordam berdi. G‘o‘sha qanotlari katta bo‘lsa-da, u hayvonot bog‘ida o‘sgan va yovvoyi tabiatda yashashga moslashmagan. Bu yerda unga kerak bo‘lgan hamma narsa bor: mutaxassislarning g‘amxo‘rligi, to‘g‘ri tanlangan ovqatlar va o‘zini qulay his qiladigan sharoit. Endi G‘o‘sha yana uyida – hordiq chiqarib, to‘yib ovqatlanib, qaytganidan mamnun ko‘rinadi!», deyiladi xabarda.
Kalxatning hayvonot bog‘ini qanday tark etgani haqida ma’lumot xabarda keltirilmagan.
Mavzuga oid

23:41 / 07.07.2025
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi

19:00 / 07.07.2025
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV

18:43 / 07.07.2025
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi

22:35 / 05.07.2025