Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda is gazidan vafot etganlarning faqat bir nafari o‘zbekistonlik - FVV
FVVning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Mang‘istovda is gazidan zaharlanib, vafot etgan oilaning faqat bir a’zosi - oila boshlig‘i O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Foto: Mang‘istov viloyati hokimligi
Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Basquduq qishlog‘idagi uyda bir oilaning yetti a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga fojia qurbonlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berdi.
2 mart kuni Basquduq qishlog‘ida bir oilaning is gazidan zaharlanishi bilan bog‘liq holat yuz berdi. Hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar va tez yordam xizmati brigadasi yetti kishining jasadiga duch kelgan bo‘lib, ularning besh nafari voyaga yetmagan shaxslardir.
FVVga ko‘ra, faqat oila boshlig‘i O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u qozog‘istonlik ayol bilan oila qurgan — ularning besh nafar farzandi bo‘lgan. Erkak Qozog‘iston hududida yashash guvohnomasi orqali istiqomat qilib kelgan.
Favqulodda holat sabablarini aniqlash uchun komissiya tuzilgan, unga Mang‘istov viloyati hokimining o‘rinbosari raislik qilmoqda.
«Halok bo‘lganlarning qarindoshlariga har tomonlama, jumladan, ularni dafn etishda yordam ko‘rsatiladi. Vaziyat viloyat hokimining shaxsan nazorati ostida», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

17:57
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi

09:05
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi

23:07 / 05.07.2025
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

16:00 / 04.07.2025