Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish orderi bekor qilindi
Isyonda ayblanib, 15 yanvardan beri tergov izolyatorida saqlanayotgan Yun Sok Yol qamoqdan ozod etildi.

Foto: Yonhap
Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilinishi tufayli isyon ko‘tarishda ayblangan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol hibsdan ozod qilindi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.
Seul markaziy sudi fevralda prezidentni himoya qilish bo‘yicha kiritilgan iltimosnomani qanoatlantirib, shunday qaror qabul qilgan.
Yun Sok Yol 2024 yil 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etib, bu mamlakatni «Shimoliy Koreya kommunistik kuchlari tahdidi»dan himoya qilish uchun zarurligini aytgandi. Parlament bir necha soatdan so‘ng harbiy holatni bekor qildi, Yunning o‘zi esa isyonga undashda ayblandi. Shundan so‘ng mamlakat parlamenti prezidentga impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi. Uni Konstitutsiyaviy sud tasdiqlashi kerak, biroq u hozircha qaror chiqarmadi. Ungacha prezident rasman o‘z lavozimida qoladi.
Yun Sok Yol isyon ishi bo‘yicha so‘roqqa kelmagach, sud uni hibsga olish uchun order berdi. Biroq prezident xavfsizlik xizmatining qarshiligi tufayli tergovchilar Yun Sok Yolni birinchi urinishdayoq qo‘lga ololmagan. Ular buni faqat 15 yanvar kuni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. 18 yanvar kuni Seul sudi prezidentni hibsga oldi.
U shundan buyon Seul janubida joylashgan Uivang shahridagi tergov izolyatorida saqlanayotgandi. Bu amaldagi, lekin hokimiyatdan chetlatilgan davlat rahbarining qo‘lga olinishidagi ilk holat bo‘lgandi. Fevral oyi oxirida Seulda unga qarshi sud jarayoni boshlangandi.
Prokurorlar endi u ozodlikdaligida dalillarni yo‘q qilishga urinishi va ishga oid shaxslar bilan uchrashishidan xavotir bildirgan.
Agar Yun Sok Yol aybdor deb topilsa, u ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

20:10 / 11.06.2025
Janubiy Koreya KXDR bilan chegarada tashviqot radiosini o‘chirdi

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025