Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqda 20 sotix yerni 230 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Ular Xo‘jakentdagi yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirish, olib berishni va’da qilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Toshkent shahrining Yangihayot tumanlari hududidan pul evaziga yer maydonlari olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda A.A., R.A. va I.S. (muqaddam sudlangan) ismli shaxslar o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ga tumandagi “Xo‘jakent” MFY hududidan 20 sotix yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib, olib berish evaziga 230 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida ham tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda S.I. ismli shaxs fuqaro M.O.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “Yangi Gulzor” MFY hududidagi 18 sotix yer maydonining 200 ming dollar evaziga egalik huquqini beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Bo‘stonliq tumanidagi 72,6 sotix noturar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

20:09 / 06.07.2025
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi

11:43 / 27.06.2025
Toshkent viloyatida hokimlik zaxirasidagi 5 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

23:32 / 28.04.2025
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

07:35 / 26.04.2025