O‘zbekiston | 11:43
1484
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida hokimlik zaxirasidagi 5 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida fuqaro A.S. IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga murojaat qildi.

Uning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro B.S. Yuqori Chirchiq tumani Miyam-Kangli mahallasida joylashgan hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar  yer maydonini 200 ming AQSh dollari evaziga o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib, uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, kelishilgan puldan 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Mavzuga oid