Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyani o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. Fotoreportaj
Janubiy Koreyadagi yong‘inlar 21 mart kuni boshlandi va ketma-ket to‘rt kundan beri davom etmoqda.

Foto: Yonhap / EPA / TASS
Dam olish kunlari Janubiy Koreyaning janubi-sharqini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. Yong‘in qariyb 9 ming gektar maydonga tarqaldi va kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. 162 ta bino, jumladan, ming yillik buddistlar ibodatxonasiga zarar yetdi.
Yong‘inlar Seuldan 250 km janubda joylashgan Sancheon okrugida boshlanib, tez orada mamlakat janubi-sharqiy qismiga tarqaldi. To‘rt nafar davlat xizmatchisi, jumladan, uch nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Yana to‘qqiz kishi jarohatlangan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir. Ming yillik buddistlar ibodatxonasiga ham zarar yetgan.



Tabiiy ofat hududidan 3000 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi, temiryo‘l harakati va ayrim avtoyo‘llarda harakat to‘xtatildi.
Dushanba kuni ertalab 29 ta yong‘in o‘chog‘idan 25 tasi o‘chirilgan. Yong‘inning tez tarqalishiga quruq va shamolli ob-havo yordam beryapti. Sancheonda juma kuni sodir bo‘lgan birinchi yong‘inga maysa o‘ruvchi moslamadan kelib chiqqan uchqun sabab bo‘lgan. Iysong uyezdidagi yana bir yong‘in qabristonda boshlangan.
Sancheon falokat zonasi deb e’lon qilindi va dushanba kuni hukumat zonaga janubi-sharqdagi yana uchta uyezdni qo‘shdi: Ulchu, Iysong va Xadong.



Mavzuga oid

10:42 / 06.08.2025
Gulistondagi musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi

14:47 / 05.08.2025
Nukus ko‘chasida "Spark" avtomobili yonib ketdi

14:29 / 05.08.2025
Sirdaryoda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi

10:23 / 04.08.2025