Sloveniya o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga olmoqchi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Matlab Quronov, Sloveniya Bandlik xizmati bosh direktori Greta Metka Barbo Shkerbins va Migratsiya departamenti direktori Anka Rode o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.

Foto: Dunyo
Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi sohasini rivojlantirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarini Sloveniyaga ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Sloveniya tomoni O‘zbekiston shifokor va hamshiralarini mamlakatdagi tibbiy muassasalarga ishga jalb qilishga qiziqish bildirdi.
Hukumatlar o‘rtasidagi kelishuvlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida Migratsiya agentligi va Sloveniya Bandlik xizmati o‘rtasida hamkorlik bayonnomasi imzolandi.
Tomonlar O‘zbekiston mutaxassislarini Sloveniyaga ishga yuborish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma "Harakatlar rejasi"ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Mazkur hujjat asosida sloven tomoni mamlakatda Sloveniyada ishga joylashish, mutaxassislarga qo‘yilgan talablar va litsenziya olish shartlariga bag‘ishlangan tashviqot tadbirlarini tashkil qiladi.
Mavzuga oid

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

08:00 / 23.05.2025
O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi

23:48 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi

20:38 / 22.05.2025