Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin
Vazirlar Mahkamasining «Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
O‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishda davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va uning kuchga kirish sanasi 27.06.2025 yil etib belgilandi.
Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlarni videotexnika vositalari orqali qayd etib foto va video materiallarni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga ko‘rib chiqish uchun «Ogoh fuqaro» platformasi orqali yuborishlari mumkin.
Vakolatli organ davlat arxitektura nazorati tadbirlarini o‘tkazishda o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi va nazorat predmetiga taalluqli bo‘lmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilmasligi kerak.
Bino va inshootni o‘zboshimchalik bilan qurgan shaxs uni 15 sutka ichida o‘z hisobidan bartaraf etishi shart.
Ko‘rsatilgan muddat tugagach, vakolatli organ sudga bino yoki inshootni majburiy buzib tashlash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritadi.
Mavzuga oid

09:07 / 10.07.2025
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi

21:26 / 07.07.2025
Sergeli City'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi

17:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

18:13 / 26.06.2025