Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli City'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi
Qurilish vazirligiga ko‘ra, majmuaning beshta blokida qurilish-montaj ishlari davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan boshlab yuborilgan. Bundan tashqari, beton ustunlar yuzasida g‘ovaklar borligi, fundament qismida suv to‘plangani kabi kamchiliklar aniqlangan. Tadbirkor Marat Hamdamov davlat organining bayonotini rad etdi.

Qurilish vazirligi e’lon qilgan videodan kadr
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Surum mahallasida ko‘p qavatli turar joy majmuasining bir qismi davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, belgilangan hujjatlarsiz qurilayotgani aniqlandi. Bu haqda Qurilish vazirligi xabar berdi.
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining Kun.uz'ga aniqlik kiritishicha, qurilishi to‘xtatilgan obekt – Sergeli Sity turar joy majmuasi hisoblanadi.
“Bu yerda A8 blokkacha ro‘yxatdan o‘tgan. A9, A10 va A11 bloklar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa-da, qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan. Ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar obektda qurilish-montaj ishlari to‘xtatildi. Shu bilan birga, D1 va D2 bloklarida ham xuddi shu holat: ro‘yxatdan o‘tmagan, lekin qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan”, – deydi inspeksiya mas’uli.
Bundan tashqari, monitoring jarayonida ishchilar xavfsizligi ta’minlanmagani, yuk ko‘taruvchi beton yuzalarda g‘ovaklar mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari, obektning ostida suv to‘planib qolgani kuzatilgan.
Rasmiy xabarda aytilishicha, bino fundament qismiga drenaj suv qochirish tizimlari o‘tnatilishi ko‘zda tutilgan, lekin o‘rnatilmagan, shu sabab fundament suv ostida qolgan, bu esa bino fundamentiga zarar yetishiga olib keladi.
“Sifatsiz bajarilgan ishlar buzilishi, ishchilar xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda hudud drenaj tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha inspeksiya xodimlari tomonidan belgilangan muddatda bajarilishi shart bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar belgilandi. Ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar mazkur bloklarda ham qurilish ishlari vaqtinchalik to‘xtatildi”, – deyiladi xabarda.
Sergeli city loyihasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keltirilishicha, majmuada 5000 dan ortiq xonadonlar bo‘ladi. Turar-joylar 2025-2026 yillarda foydalanishga topshirilishi aytilgan.
Loyihani “Transport Free Group” MChJ amalga oshirmoqda. Davlat reyestrida kompaniya ta’sischisi sifatida Abdukomilov Behruz Bahrom o‘g‘li, rahbar sifatida Mamatov Olim Tashnazarovich ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor Marat Hamdamov o‘zini Sergeli City loyihasining asoschisi sifatida taqdim etib keladi. U Instagram'dagi postida qurilish ishlari butunlay emas, vaqtincha to‘xtatilganini bildirgan. “Barcha ishlarimiz qonun doirasida amalga oshirilgan”, deb yozgan u.
Avvalroq, O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etilgandi.
Mavzuga oid

17:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

18:13 / 26.06.2025
Rossiyada migrantlarning qurilishdagi ulushi ma’lum qilindi

11:33 / 23.06.2025
O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

12:30 / 08.06.2025