Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Finlandiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning Finlandiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) Temur Rahmonov ushbu mamlakat prezidenti Aleksandr Stubbga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: Dunyo
Rasmiy tadbirdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston hamda Finlandiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Prezident Aleksandr Stubb O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni fin tomoni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Finlandiya yetakchisi, shuningdek, rasmiy Helsinki va Toshkent o‘rtasidagi siyosiy muloqot hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanib borayotganini yuqori baholab, O‘zbekistonning mintaqadagi muhim o‘rnini qayd etdi va mamlakatimiz bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Timur Rahmonov 2024 yil 13 mart kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi sifatida Riga shahriga borgan edi. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u 2021-2024 yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan.
Timur Rahmonov 2024 yil 17 iyun kuni O‘zbekiston elchisi sifatida Latviya prezidenti Edgars Rinkevichsga, shuningdek, 2025 yil 11 fevral kuni Litvadagi elchi sifatida (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) ushbu davlat prezidenti Gitanas Nausedaga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Mavzuga oid

22:49 / 27.06.2025
Yevroparlament Finlandiyaga Rossiya bilan chegarani yopishga ruxsat berdi

23:56 / 18.06.2025
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV

20:49 / 09.06.2025
NATOning Atlantic Trident 25 havo mashg‘ulotlari ilk bor Finlandiyada o‘tkaziladi

00:36 / 28.05.2025