Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parkentda sherlar qurboni bo‘lgan qorovul ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
Hayvonot bog‘i rahbari mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzgan deb topildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bog‘ida uch bosh sher hujumi oqibatida halok bo‘lgan qorovul ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi.
Hodisa 2024 yil 17 dekabr kuni sodir bo‘lgan edi. Uch bosh sher eshik ochiq qoldirilganidan foydalanib, qafasni tark etgan. So‘ngra ularni qafasga qaytarmoqchi bo‘lgan qorovulga tashlangan. 1980 yilda tug‘ilgan erkak hodisa joyida joni uzilgan edi.
Hayvonot bog‘i xodimlari 2 bosh sherni uxlatuvchi dori vositasini qo‘llab, qafasga qaytargan. Yana bir sher mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.
Hodisa yuzasidan xususiy hayvonot bog‘i direktoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan edi.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalida ozod etildi.
Mavzuga oid:
Mavzuga oid

06:02 / 22.06.2025
Braziliyada havo shari qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

23:06 / 18.06.2025
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi

19:28 / 18.06.2025
Prezident Parkent tumanida «Parkensoy» turar joy massivi qurilishi bilan tanishdi

22:20 / 13.06.2025