Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatidagi Poytug‘ bekatida 10 iyun kuni temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, erkak stansiya hududiga kirib, bo‘sh turgan sisternaga chiqib olgan. U kontakt tarmog‘idagi kuchlanish ta’siriga tushib, tok urib, yerga yiqilgan.
Stansiya navbatchi xodimi tez tibbiy yordam brigadasini chaqirgan. Jabrlanuvchiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» temiryo‘l va infratuzilma yaqinida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish kerakligini eslatdi.
«Temiryo‘l infratuzilmasi obektlariga o‘zboshimchalik bilan kirish hayot va sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

22:28 / 03.06.2025
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir etildi

21:23 / 02.06.2025
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi

19:03 / 28.05.2025