Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning yirik savdo tashkilotlaridan biri Tradewinds Group (M) Sdn Bhd kompaniyasi boshqaruv direktori Amrin Avaluddin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Amrin Avaluddin muloqot avvalida O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat va quruq mevalarni katta miqdorda import qilishga tayyorligini bildirdi.
"O‘zbekistonda yetakchi bo‘lgan quritilgan meva-sabzavotlar va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan o‘zaro manfaatli savdo aloqalarini o‘rnatish takliflarini ijobiy ko‘rib chiqishga tayyor", dedi u.
Uchrashuvda import uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini aniqlash maqsadida Tradewinds Group (M) Sdn Bhd kompaniyasi mutaxassislardan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Tradewinds Group kompaniyasi 1995 yilda Albukhary Group kompaniyalari guruhi tomonidan asos solingan. Uning asosiy biznes yo‘nalishlari iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi, mehmonxona va kurortlar, sug‘urta vositachiligi, matbaa, televideniye, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan iborat.
Mavzuga oid

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi

08:35 / 14.04.2025