Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

Foto: AS
Yevropa Chempionlar ligasining 2024/25 yilgi mavsumida chorakfinal bosqichining navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
"Barselona" o‘z maydonida "Borussiya Dortmund" darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi ilk gol Rafinya tomonidan kiritildi, Levandovski o‘z hisobiga ikki gol yozdirib qo‘ydi. Uchrashuvdagi so‘nggi golga Lamin Yamal mualliflik qildi.
Yana bir uchrashuvda "PSJ" o‘z uyida "Aston Villa" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi – 3:1. Mezbonlarning gollari Due, Kvaratsxeliya va Mendesh tomonidan kiritilgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goliga Rojyers mualliflik qildi.
Javob o‘yinlari 15 apreldan 16 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Chempionlar ligasi. Chorakfinal
Barselona – Borussiya D – 4:0
Gollar: Rafinya, 25, Levandovski, 48, 66, Yamal, 77.
Barselona: Shensni, Kunde, Kubarsi, I. Martines (Arauxo 81), Balde, De Yong, Pedri (Garsiya 81), Yamal (Fati 86), Fermin (Gavi 74), Rafinya, Levandovskiy (Torres 81)
"Borussiya Dortmund: Kobel, Riyerson (Zyule 81), Jan, Anton, Bensebaini, Chukvuemeka (Reyna 81), Nmecha (O‘zjan 68), Adeyyemi (Bayyer 46), Brandt, Gittens (Dyuranvil 81), Girassi
Ogohlantirishlar: Adeyyemi 24, Girassi 74
PSJ (Fransiya) – Aston Villa (Angliya) – 3:1
Gollar: Due, 39, Kvaratsxeliya, 49, Mendesh, 90+2 – Rodjyers, 35
PSJ: Donnarumma — Mendesh, Pacho, Beraldo, Hakimi — Ruis (Zair-Emeri, 72), Vitinya, Nevesh — Kvaratsxeliya (Ramush, 90+3), Dembele, Due (Barkolya, 72)
Aston Villa: Martines — Din, Torres, Konsa, Kesh (Disasi, 46) — Tilemans (Matsen, 80), Kamara — Remzi (Asensio, 59), MakGinn (Onana, 80), Rojyers — Rashford (Uotkins, 79)/
Ogohlantirish: Kesh (17)
Mavzuga oid

11:31 / 06.07.2025
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi

11:26 / 06.07.2025
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi

09:30 / 06.07.2025
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi

08:50 / 03.07.2025