Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy rossiyalik artistlar va sportchilarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi
Ukraina prezidenti rossiyalik madaniyat va sport arboblari, jumladan Yevgeniy Mironov, Nikolay Tsiskaridze, Yuriy Kuklachev, Garik Sukachev va qo‘shiqchi Shaman'ga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev urushni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblagan rossiyalik madaniyat va sport arboblariga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmon 18 aprel, juma kuni Ukraina davlati rahbari devonining saytida e’lon qilindi.
Ro‘yxatga, xususan, aktyor Yevgeniy Mironov, kinorejissyor Yegor Konchalovskiy, aktrisa Irina Apeksimova, ijrochi Nikita Jigurda, Shaman nomi bilan tanilgan qo‘shiqchi Yaroslav Dronov, sirk artisti Yuriy Kuklachev, «Univer» yulduzi Vitaliy Gogunskiy, artist Oskar Kuchera, rejissyor Aleksandr Pankratov-Chernyy, balet yulduzi Sergey Polunin, "Lyube" guruhining solisti Nikolay Rastorguyev, bard Aleksandr Rozenbaum, rok-musiqachi Igor (Garik) Sukachev, Roman Chumakov (rep ijrochi Jigan) va Vaganova nomidagi rus balet akademiyasi rektori Nikolay Tsiskaridze kiritilgan.
Ro‘yxatdagi sportchilar orasida qilichbozlik ustasi Sofya Velikaya, chang‘ichi Yelena Vyalbe, bokschilar Denis Lebedev va Ruslan Provodnikov, gimnastikachi Nikita Nagorniy ham bor.
Bu shaxslarning Ukrainadagi aktivlari muzlatiladi va ularning mamlakatga kirishi taqiqlandi. Ular Ukraina davlat mukofotlaridan mahrum etiladi.
Mavzuga oid

13:06 / 12.07.2025
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

18:26 / 10.07.2025