Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida XXXIV Abu-Dabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

BAA prezidenti homiyligida o‘tkazib kelinadigan ushbu ma’rifat bayramida 96 mamlakat vakillari o‘zlarining 1400 dan ortiq ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdi.
Bu yilgi Abu-Dabi xalqaro kitob yarmarkasi islom sivilizatsiyasining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, ensiklopedik olim,tabib va faylasuf Ibn Sino merosiga bag‘ishlangan. Joriy yilda Abu Ali Ibn Sinoning jahon tibbiyoti rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan va arab tilida yozilgan mashhur "Tib qonunlari" kitobining nashr etilganiga ming yil to‘ldi.
Maxsus tashkil etilgan Ibn Sino pavilonida uning ilmiy merosi hamda g‘oyalari, yutuqlari va insoniyat sivilizatsiyasiga ta’sirini aks ettiruvchi materiallar va interfaol ko‘rgazmalar o‘rin olgan.
Shu bilan birga, ko‘rgazma doirasida Ibn Sino merosiga bag‘ishlangan ilmiy va amaliy anjumanlar o‘tkazildi. "Ibn Sino – o‘rta asrda Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘lagan ma’rifat mayog‘i" deb nomlangan paneli sessiyada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti vakili ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Abu-Dabi xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekistonning "O‘zbekiston", "Yosh kuch", "Zamin-nashr", "Hilol-nashr", "Yangi asr avlodi", "Yoshlar matbuoti", Best book, "Yoshlar matbuoti" kabi yetakchi noshirlik uylari va "O‘zdavkitovsavdota’minot" korxonasi o‘z ko‘rgazmalari bilan qatnashdi. O‘zbekiston stendida o‘zbek adabiyoti namunalari, turli tillarga tarjima qilingan asarlar, zamonaviy va an’anaviy nashrlar namoyish etildi.
Delegatsiya vakillari, shuningdek, xorijiy noshirlar bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdilar. Ularda mamlakatda chop etilayotgan kitoblarni xorijiy tillarga tarjima qilish va ularni keng targ‘ib qilish masalalarini muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida joriy yilning noyabr oyida Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston pavilonini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid

10:04 / 06.06.2025
Xalqaro qidiruvga berilgan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

16:53 / 02.06.2025
«BAAdagi fuqarolarimizni tezlikda tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan» - TIV

14:57 / 02.06.2025
Yana o‘zbekistonliklar ajratildi: BAA aeroportida 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ushlab turildi

14:00 / 02.06.2025