Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehronda Eron prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi
Abdulla Aripov Eron prezidenti qabulida bo‘ldi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni 12 may kuni Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon qabul qildi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni mamlakat delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, prezident Shavkat Mirziyoyevning yo‘llagan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli o‘zaro hamkorlik keng qamrovli munosabatlar darajasiga ko‘tarilgani, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi mintaqa barqarorligi uchun ham muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, hududlararo hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tehronga tashrif doirasida Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyiga ham tashrif buyurilib energetika, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, IT, qurilish singari sohalardagi ilg‘or mahsulot va ishlanmalar bilan tanishildi.
Shu bilan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Eronga tashrifi yakunlandi.
Mavzuga oid

14:35
Axios: Isroil Eronga ehtimoliy yangi hujumga tayyorlanmoqda

08:43 / 06.07.2025
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

09:48 / 03.07.2025