Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi
U fuqaroga Toshkentdagi nodavlat OTMning tibbiyot yo‘nalishiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent shahrida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Sergeli tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda S.E. ismli shaxs fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida go‘yoki qo‘shni Qozog‘iston oliy ta’lim muassasasining 2-bosqichini tugatgani to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Shu orqali u fuqaroga Toshkent shahridagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga tibbiyot yo‘nalishiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, 48 million so‘m talab qilgan. S.E. ushbu pullar hisobidan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlangan edi.
Mavzuga oid

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

17:53 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi

17:45 / 12.07.2025
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

16:09 / 12.07.2025