O‘zbekiston va YeI afg‘on kelishuvi masalasida muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi afg‘on kelishuvi masalalari bo‘yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettiradi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, Afg‘onistondagi vaziyat hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar afg‘on kelishuvi masalalari bo‘yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak

22:50 / 21.05.2025
RFga qarshi sanksiyalarning 17-paketi: nishonda yana tankerlar

20:16 / 21.05.2025
O‘zbekistonning yana bir kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi

13:48 / 21.05.2025