Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 14 may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik ochiq muhokama qilingan.
Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini va ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari, suv resurslari bilan bog‘liq masalalar hamda mintaqalararo aloqalar e’tibor markazida bo‘lgan.
«Janob Stipraysning mintaqamiz bilan bog‘liq boy kasbiy tajribasi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni Eduards Stipraysni qabul qilgandi. Uchrashuvda mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid

10:03 / 16.07.2025
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin

09:51 / 16.07.2025
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi

15:16 / 15.07.2025
YeI AQShga qarshi 72 mlrd yevrolik javob bojlarini tayyorladi

09:39 / 15.07.2025