Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi
Bu ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda. ChatGPT o‘rniga muqobil yechim - mahalliy neyrotarmoq taklif qilinadi.

Foto: Depositphotos
Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri o‘rinbosari Kanish Tuleushin mamlakatdagi davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlanganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xizmat maqsadlarida, ayniqsa, «XDFU» formatidagi hujjatlar bilan ishlashda ChatGPT’dan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha raqamli rivojlanish vazirining buyrug‘i chiqqan. Shuningdek, vazir o‘rinbosari cheklovlar bilan masala hal bo‘lmasligi, shuning uchun muqobil yechim — mahalliy neyrotarmoq taklif qilinganini ta’kidladi.
«Agar kimdir ish samaradorligini oshirish uchun til modelidan foydalanishni istasa, unda o‘z olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan muqobil yechim bo‘ladi. Bizning katta til modelimiz serverlarimizda yopiq zanjirda», — deydi Tuleushin.
Vazir o‘rinbosari bunday chora-tadbirlar ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Ammo hozircha bajarilgan biror ish qaysi neyrotarmoq orqali bajarilganini tekshirishning imkoni yo‘q. Tuleushinning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda istalgan fuqaro har qanday neyrotarmoqdan foydalanishi mumkin.
Mavzuga oid

14:32
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi

09:05 / 08.07.2025
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi

23:07 / 05.07.2025