Qozog‘iston - O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti yana 4 oyga yopildi
«Tajyen» (Qozog‘iston) va «Dovut Ota» (O‘zbekiston) punktlaridagi ta’mirlash ishlari 1 sentabrgacha uzaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan kelishilgan holda «Tajyen» nazorat-o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar va yuk ko‘tarish quvvati 3,5 tonnagacha bo‘lgan transport vositalari uchun harakat vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar berdi «Kazinform» Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasiga tayanib.
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktining yopilishi 1 sentabrga qadar uzaytirildi.
— Mazkur qaror fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, nazorat-o‘tkazish punktida qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida qabul qilingan. Ayni paytda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda: metall konstruksiyalarni o‘rnatish, muhandislik tarmoqlarini yotqizish, binolarni kapital ta’mirlash, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, may oyidan avgustgacha Qozog‘iston «Tajyen» (Qozog‘iston) va «Dovut Ota» (O‘zbekiston) punktlari orasidagi neytral chiziqda yo‘l quradi. O‘zbekiston tomonida ham shunday ishlar rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan Qozog‘iston O‘zbekiston tomoniga chegaradan o‘tish cheklovini yana 4 oyga — 2025 yil 1 sentabrgacha uzaytirish taklifi bilan rasman murojaat qildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
2025 yil 1 fevraldan boshlab «Tajyen» (Qozog‘iston) - «Dovut Ota» (O‘zbekiston) nazorat-o‘tkazish punktlari orqali 3,5 tonnagacha yengil, avtobus va yuk avtomobillarining o‘tishi ta’mirlash ishlari tufayli vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Mavzuga oid

08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi

18:15 / 20.05.2025
Bombardiro Krokodilo - Qozog‘istonda SI multfilmlari xavfli deb e’lon qilindi

17:45 / 19.05.2025