Bundesver: Kelgusi yillarda havo mudofaasini takomillashtirish - ustuvor vazifa
Germaniya qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa sohasida jangovar tayyorgarligini oshirish niyatida - bu 2030 yilgacha «birinchi ustuvor vazifa», deb yozadi Reuters Bundesver rahbarining buyrug‘iga tayanib.

Foto: Thomas Frey/dpa/picture-alliance
Germaniya Qurolli kuchlari (Bundesver) Bundesver bosh inspektori, general Karsten Broyyer tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, joriy o‘n yillikning oxiriga kelib havo mudofaasi sohasida jangovar tayyorgarligini oshirishi kerak. Bu haqda 25 may, yakshanba kuni direktiva bilan tanishgan Reuters agentligi xabar berdi.
Broyyer havo tahdidlariga qarshi mudofaani kuchaytirishni «birinchi ustuvor vazifa» deb ataydi. Asosiy vazifalar qatoriga raketaga qarshi mudofaa kompleksi, shuningdek, qisqa va o‘rta masofaga mo‘ljallangan havo mudofaasi kiradi. Hujjatda dron hujumlaridan himoyalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlangan.
Politico xabariga ko‘ra, Bundesver rahbari, shuningdek, dushman chizig‘i orqasida «aniq zarbalar berish imkoniyati yaratilganini» ham e’lon qildi. Gap 500 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadigan qurol haqida ketmoqda — bu Germaniyada foydalaniladigan TAURUS qanotli raketalaridan ko‘proq.
Bundesver, shuningdek, ko‘proq o‘q-dorilar va hujumkor dronlarni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

15:50 / 29.05.2025
Germaniyada uch nafar rossiyalik josusga ayblov e’lon qilindi

15:05 / 29.05.2025
Germaniya: Kiyev bilan birgalikda qurol ishlab chiqarish tez orada boshlanadi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

09:50 / 29.05.2025