Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
Moskva va Kiyevdagi yo‘qotishlar allaqachon Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan va yaralangan amerikaliklar sonidan oshib ketgani ta’kidlanmoqda.

Foto: AP
Rossiya va Ukrainaning uch yildan ortiq davom etgan urushdagi umumiy yo‘qotishlari 1 million 200 ming kishiga yetdi, dedi AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog.
«Prezident Tramp mutlaqo haq. Bu qotilliklarga chek qo‘yish kerak. Raqamlarga qarasangiz... bu sanoat miqyosidagi ommaviy qotillik. Ikkala tomondan qurbonlar allaqachon 1 million 200 mingni tashkil etmoqda», dedi u Fox News telekanaliga.
Kellog so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Kiyevdagi yo‘qotishlar allaqachon Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan va yaralangan amerikaliklar sonidan oshib ketgan. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 1941 yildan 1945 yilgacha AQSh Qurolli kuchlari tarkibida 418 ming kishi halok bo‘lgan va 670 ming kishi yaralangan.
Shu bilan birga, Kellogning ta’kidlashicha, prezident Tramp Rossiya va Ukraina bilan kelishib olishi mumkin bo‘lgan «yagona inson».
Mavzuga oid

22:29 / 09.08.2025
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ

21:33 / 09.08.2025
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState

20:36 / 09.08.2025
Eron Zangezur yo‘lagini AQSh nazoratiga o‘tkazmaslikka va’da berdi

18:17 / 09.08.2025