Sport | 02:11 / 29.05.2025
4124
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi

Foto: AP

Polshaning Vrotslav shahrida joylashgan "Tarchinski Arena"da 2024/2025 mavsumning Konferensiyalar Ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning "Chelsi" hamda Ispaniyaning "Betis" jamoasi maydonga tushdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv londonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Uchrashuvning 9-daqiqasida "Betis" yarimhimoyachisi Ez Abde hisobni ochdi. 65-daqiqada Enso Fernandes hisobni tenglashtirdi, 71-daqiqada Nikolas Jyekson londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada Jyeydon Sancho "Chelsi"ning uchinchi golini kiritgan bo‘lsa, 90+1-daqiqada Moyses Kaysedoning goli hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 

"Chelsi" ushbu g‘alaba orqali o‘z tarixida ilk bor Konferensiyalar Ligasi chempioniga aylandi. Bundan tashqari, londonliklar Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi hamda Konferensiyalar Ligasini yutgan ilk klubga aylandi. 

"Betis" (Ispaniya) – "Chelsi" (Angliya) 1:4

Gollar:Ez Abde (9) – Enso Fernandes (65), Nikolas Jyekson (71), Jyeydon Sancho (83), Moyses Kaysedo (90+1)

Betis: Adrian – Sabali, Bartra, Natan, Rikardo Rodriges (46' Perro) – Fornals (85' Altimira), Isko, Jonni (85' Lo Chelso) – Antoni, Bakambu (72' Ruibal), Ezzalzuli (53' Xesus Rodriges)

Chelsi: Yorgensen – Gusto (46' Jyeyms), Chaloba, Badyashil (61' Kolvill), Kukurelya – Enso, Kaysedo – Madueke, Palmer (87' Giu), Netu (61' Sancho) – Jyekson (80' Dyusberi-Goll)

Ogohlantirishlar: Antoni (88), Perro (90+5) – Badyashil (55), Palmer (80), Sancho (84)

Mavzuga oid