O‘zbekiston | 20:39 / 29.05.2025
4251
2 daqiqa o‘qiladi

DXX raisi O‘zbekistonda dron uchirish bo‘yicha federatsiya tuzilishini aytdi

Toshkentda mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali boshlandi. Festival doirasida Rossiya kompaniyasi o‘zbekistonlik yoshlar ishtirokida dronlar poygasini o‘tkazyapti. Musobaqani kuzatgan Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov harbiy tuzilmalar qoshida dron uchirish federatsiyasiga baza bo‘ladigan to‘garaklar ochish topshirig‘ini berdi.

Foto: Kun.uz

Bugun, 29 may kuni Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali boshlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Festivalga kelgan O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov dronlar poygasini tashkil qilgan jamoa a’zolari, instruktorlar bilan suhbatlashdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

«Temurbeklar maktabi»ga ham shunday dronlardan sotib olamiz, o‘rgatamiz. Dastlab, bu yo‘nalishda to‘garaklar bo‘lsa, keyinchalik federatsiya tashkil qilamiz.

Bizlar namuna qilaylik, bizning orqamizdan Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi va uning aviatsiya maktabi ham qiladi. Bular federatsiya uchun baza bo‘ladi, bu yerda o‘qiydiganlar tayanch kadrlarimiz bo‘ladi», deya DXX raisining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda qatnashayotgan Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati sobiq raisi Bahodir Toshmatov jamoa a’zolari foydalanayotgan dronlar jahon standarti darajasida ekani haqida so‘radi. Instruktorlar tasdiq javobini berdi.

Innovatsion texnologiyalar festivalida Rossiyaning «Transport budushchego» kompaniyasi o‘zbekistonlik o‘quvchilar ishtirokida dronlar poygasi musobaqasini o‘tkazmoqda.

Spot ma’lumotiga ko‘ra, bu kompaniya 2025 yil oxirigacha O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Mavzuga oid