HAMAS Uitkoffdan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklif oldi
Harakat rahbariyati uni mas’uliyat bilan o‘rganib chiqayotgani ta’kidlanmoqda.

Foto: AP
Falastinning HAMAS harakati vositachilar orqali AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Stiv Uitkoffdan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklif oldi.
«HAMAS rahbariyati vositachilar orqali Uitkoffdan yangi taklifni oldi va uning xalq manfaatlariga javob berishi, foydali bo‘lishi va G‘azo sektorida doimiy o‘t ochishni to‘xtatishini ta’minlash uchun mas’uliyat bilan o‘rganmoqda», deyiladi harakat bayonotida.
28 may kuni HAMAS harakati Stiv Uitkoff bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining umumiy doirasi bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Shu kuni Uitkoff Oq uyda jurnalistlarga Qo‘shma Shtatlar yaqinda Isroil va HAMASga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish shartlari ro‘yxatini yuborishni rejalashtirayotganini aytdi.
29 may kuni Isroil rahbariyati yangi reja olgani va uni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi. U anklavda zudlik bilan o‘t ochishni 60 kunga to‘xtatishni va garovdagi 10 nafar tirik isroillikni va 18 nafar o‘likning jasadini qaytarishni nazarda tutadi. Buning evaziga Isroil 1500 ga yaqin falastinlik mahbusni ozod qilishi kerak.
Mavzuga oid

13:46
AQSh Rossiya bilan Yevropa uzra havo jangi ssenariylarini o‘rganmoqda

22:23 / 29.05.2025
Netanyahu: Isroil AQSh taklif qilgan sulhga rozi bo‘lishga tayyor

21:10 / 29.05.2025
Putin Ukraina bilan Istanbul muzokaralaridan so‘ng armiyasini yangi hujumga tashladi

20:42 / 29.05.2025