Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi
Rossiya KXDRga zamonaviy radioelektron kurash vositalarini yetkazib beryapti, shuningdek, uning ballistik dasturi rivojiga ko‘maklashmoqda.

Foto: kremlin.ru
Rossiya Ukrainaga qarshi urushdagi qo‘llab-quvvatlovi uchun Shimoliy Koreyaga kamida bitta «Pansir» sinfidagi havo hujumidan mudofaa tizimini taqdim etgan. Bu haqda 11 ta davlat, jumladan, AQSh va Janubiy Koreya tomonidan tashkil etilgan Sanksiyalar monitoringi bo‘yicha xalqaro guruh (MSMT) hisobotida so‘z boradi. Guruh razvedka xizmatlari ma’lumotlaridan foydalanadi, hisobot esa asosan Rossiyaning Shimoliy Koreya bilan hamkorligiga bag‘ishlangan.
MSMT ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotlar, vertolyotlar, qanotli raketalar va dronlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan «Pansir» Shimoliy Koreya havo hujumidan mudofaa tizimini sezilarli darajada kuchaytiradi. Janubiy koreyalik deputatlardan birining aytishicha, yangi «Chxyo Xyon» esminetsiga o‘rnatilgan qurol Rossiyaning «Pansir»iga o‘xshab ketadi.
Hisobotda, shuningdek, Rossiya KXDRga zamonaviy radioelektron kurash vositalari va signallarni to‘sish uskunalarini yetkazib bergan, bundan tashqari, uning ballistik dasturi rivojiga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, Moskva Pxenyanga raketa sinovlari natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar taqdim etyapti, bu esa ularning nishonga yo‘naltirish aniqligini oshirishga yordam beradi. Ammo bunday harakat BMT Xavfsizlik Kengashining Pxenyanga qarshi qabul qilgan rezolyutsiyalarini ochiqdan-ochiq buzishdir — ushbu rezolyutsiyalar uchun Rossiyaning o‘zi ham doimiy a’zo sifatida ovoz bergan.
AQSh Kongressi tahlil xizmati (CRS) vakillarining fikricha, Rossiya tomonidan texnik qo‘llab-quvvatlov KXDRning yadroviy potensialini ham sezilarli darajada oshirgan. CRS e’lon qilgan hisobotda keltirilishicha, Pxenyan 90 tagacha yadroviy kallak ishlab chiqarish uchun yetarlicha material yig‘ib bo‘lgan, ularning 50 ga yaqini allaqachon yig‘ilgan bo‘lishi mumkin.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Rossiya yordami KXDR tomonidan Kursk oblasti janglarida qatnashish uchun yuborilgan 14 ming harbiy xizmatchi uchun qisman kompensatsiya hisoblanadi. 2023 yil sentabrdan beri Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy yuklar ortilgan 20 mingdan ziyod konteynerni yuborgan. Ular 9 millionga yaqin artilleriya o‘q-dorilari, 100 dan ortiq ballistik raketalar va 200 dan ziyod og‘ir artilleriyani o‘z ichiga oladi. Janubiy Koreyaning KIDA tahlil markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, KXDR 20 milliard dollardan ortiq pul ishlab olgan.
Mavzuga oid

18:55
Vladivostokda portlashni Ukraina razvedkasi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin

18:22
Ukrainaning tinchlik memorandumi mazmuni ma’lum bo‘ldi

16:41
Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi

15:14