Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT
Ko‘p tomonlama sanksiyalar monitoringi guruhi Rossiya BMT sanksiyalarini buzgan holda Shimoliy Koreyaga kamida bitta "Pansir" havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berganini aniqladi.

Foto: AP
29 may, payshanba kuni e’lon qilingan AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlardan iborat Ko‘p tomonlama sanksiyalar monitoringi guruhi (MSMT) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yil oxiridan beri Rossiya Shimoliy Koreyani uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta’minlab kelmoqda.
Xususan, guruh Moskva Pxenyanga kamida bitta «Pansir» havo hujumiga qarshi zenit-raketa mudofaa tizimini yetkazib berganini aniqladi. Bu BMTning KXDRga qarshi, unga qurol yetkazib berishga embargo qo‘yishni nazarda tutgan sanksiyalariga ziddir.
Ko‘p tomonlama sanksiyalar monitoringi guruhi 2024 yil oktyabr oyida AQSh va Janubiy Koreya tashabbusi bilan Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuzatish uchun tuzilgan. MSMT'da jami 11 ta davlat ishtirok etadi.
Guruhning tashkil etilishidan oldin Rossiya tashabbusi bilan BMTning tegishli ekspertlar kengashi tarqatib yuborilgan edi. U nashr etadigan axborot MSMT a’zolari bo‘lgan mamlakatlar maxsus xizmatlari ma’lumotlariga asoslanadi.
Mavzuga oid

16:31
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi

12:04
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

11:27
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

11:20