Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Pop tumanida qo‘lga olingan shaxsning yonidan «Makarov» to‘pponchasi va o‘qdonlar ham topilgan. U 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Foto: Videodan kadr
2024 yilning 12 noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Pop tumani hududida harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtomashina to‘xtatilgan.
Avtomashina xolislar ishtirokida tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli yuk sumkasida 3 kg 887 gr «opiy» va 9 kg 839 gr «gashish» moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, u Tojikiston Respublikasi fuqarosi bilan o‘zaro til biriktirib, qo‘shni davlatdan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish hamda sotib, mo‘may daromad topishni reja qilgani va ushbu zahri qotilni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida qabul qilib olgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilib, 2024 yilning avgust-sentabr oylarida tojikistonlik narkosavdogar tomonidan Bo‘ka tumani hududiga yetkazib berilgan va mazkur shaxs qabul qilib olib, Dang‘ara tumanida joylashgan o‘ziga tegishli yer uchastkasiga yashirib qo‘ygan 1 kg 902 gr «opiy» va 857 gr «gashish» moddalari hamda 1 dona «Makarov» to‘pponchasi, 2 dona o‘qdon va 18 dona patron ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi tomonidan mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasning 1- va 2-qismlarida hamda 25,273-moddasining 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

08:50 / 14.06.2025
Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi

12:28 / 10.05.2025
9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan BYD haydovchisi 4 yilga qamaldi

20:02 / 27.12.2024