Jahon | 09:59
1086
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha yana bir bor o‘z fuqarolarini Rossiyaga sayohat qilmaslikka chaqirdi

Rossiya Federatsiyasidagi konsulliklarning yopilishi munosabati bilan respublika fuqarolariga yordam ko‘rsatish imkoniyati qisqartirildi, deya ogohlantirdi Varshava.

Foto: Getty Images

Kaliningraddagi konsullik yopilgach, Polsha Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilmaslik tavsiyasini eslatdi. «Tashqi ishlar vazirligi urush va Polshaning Rossiya Federatsiyasi rasmiylari tomonidan do‘st bo‘lmagan davlat sifatida tan olinishi munosabati bilan Rossiyaga sayohat qilishni tavsiya etmaydi», — deb xabar qildi Polsha TIV X ijtimoiy tarmog‘ida.

Idora saytida ta’kidlanishicha, Sankt-Peterburg va Kaliningraddagi bosh konsulliklar yopilganligi sababli «Polsha fuqarolariga to‘g‘ridan to‘g‘ri konsullik yordami ko‘rsatish imkoniyatlari tobora cheklanib bormoqda va buning uchun juda uzoqdagi konsullik idoralariga borish zarurati tug‘ilishi» mumkin.

«Xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskin yomonlashganda, chegaralar yopilgan yoki boshqa kutilmagan holatlar yuz bergan taqdirda, evakuatsiya qilish ancha qiyinroq yoki hatto imkonsiz bo‘lishi mumkin», — deya ogohlantirdi Polsha TIV.

Varshava Ukrainada urush boshlangani va Polsha Rossiya Federatsiyasi tomonidan «do‘st bo‘lmagan davlat» deb tan olinganidan keyin fuqarolarga Rossiyaga sayohat qilishdan bosh tortishni tavsiya qilgan. 2025 yil iyul oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Krakovdagi Rossiya Bosh konsulligining yopilishiga javoban Polshaning Kaliningraddagi bosh konsulligi yopilishini e’lon qildi. Avvalroq Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligi yopilgan edi.

Mavzuga oid