Jamiyat | 17:00 / 04.06.2025
1439
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

"Biznesni rivojlantirish banki" ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB davlatimiz rahbarining 2025 yil 14 fevraldagi Farmon va qarori ijrosi doirasida tomorqa va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish, mahallalarda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlar yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy chora-tadbirlarni olib bormoqda.

Xususan, joriy yilning 30 aprel kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Fransiyaning SAS Descours kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Bank va “O‘zagrostar xolding” kompaniyasi memorandumda belgilangan vazifalarni izchil hayotga tatbiq etishga kirishgan.

3 iyun kuni shu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil qilish bo‘yicha ikki tomon vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Yangiyo‘l-agrostar” MChJ va Fransiyaning SAS Descours kompaniyasi bilan hamkorligida pomidor, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish, saralash, saqlash, shok usulda muzlatish, qadoqlash qayta ishlash, shuningdek, mahsulotlarni tashish va Yevropa mamlakatlariga eksport qilishni nazarda tutuvchi Agrokompleks majmuasini barpo etish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, memorandum doirasida logistika va moliyalashtirishda ko‘mak berish, sifat standartlari bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun texnik yordam ko‘rsatish, va investitsiya loyihalari bo‘yicha sheriklikni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

Mazkur kelishuv orqali O‘zbekistonda yetishtiriladigan muzlatilgan va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni xalqaro bozorlarga, xususan, Yevropa davlatlariga eksport qilishga keng yo‘l ochiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid