Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi
Yodgorlik «Meerim» bog‘iga ko‘chirilib, o‘rniga bayroq ustuni o‘rnatiladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qirg‘izistonning O‘sh shahri markaziy maydonida o‘rnatilgan Vladimir Lenin haykali demontaj qilindi. Bu shahar hokimligi qarori bilan amalga oshirildi. Mahalliy 24.kg portali haykalning yerda yotgan suratini chop etdi.
Hokimlik xabariga ko‘ra, yodgorlik «Meerim» bog‘iga ko‘chiriladi. O‘sh shahrida uning o‘rniga bayroq ustuni o‘rnatiladi.
«Shuning uchun bu masalani siyosiylashtirmaslik kerak», deyiladi hokimlik izohida.
O‘sh – Qirg‘izistonning Bishkekdan keyin ikkinchi yirik shahri. Vladimir Lenin haykali u yerda 1975 yilda o‘rnatilgan. U Markaziy Osiyodagi eng baland yodgorlik bo‘lib, og‘irligi 7,5 tonnani tashkil etgan.
Mavzuga oid

21:12
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5 yilga hukm qilindi

07:50 / 24.05.2025