Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi
Shuningdek, «Imom Moturidiy» yodgorlik majmuasida rekonstruksiya-restavratsiya ishlari boshlanadi.

Turizm va madaniy meros vazirligining Toshkentda bo‘lib o‘tgan Ilmiy-ekspert kengashining navbatdagi yig‘ilishida Samarqanddagi Tillakori madrasasini restavratsiya qilish to‘g‘risidagi qaror (.pdf) ma’qullandi.
19-21 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda 120 ga yaqin loyiha ko‘rib chiqilgan. Ilmiy-ekspert kengashining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahar, Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasini restavratsiya va tiklashga yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan ruxsat berilgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida joylashgan «So‘fi Olloyor» masjidida ta’mirlash-tiklash, Shahrisabz tarixiy markazida joylashgan «Qal’a devori», Surxondaryo viloyatidagi «Tuz g‘ori» madaniy meros obektini mukammal ta’mirlash, Qashqadaryo viloyatidagi «Soqi Mavlon ota» maqbarasini tarixiy va tabiiy landshaft ko‘rinishini saqlagan holda kompleks ziyoratgohga aylantirish, «Imom Moturidiy» yodgorlik majmuasida rekonstruksiya-restavratsiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish hamda hududni obodonlashtirish haqidagi va boshqa takliflar ma’qullangan.
Yig‘ilishda Namangan viloyatidagi «G‘urumsaroy» («Xolmatboy») masjidi hududida yangi masjid barpo etish, Andijon viloyatidagi «Hotamxon to‘ra» masjidi arxitektura yodgorligida mavjud xonaqo qismida qo‘shimcha bino qurish kabi loyihalar o‘zining haybati bilan madaniy meros obektlarining tashqi ko‘rinishini berkitib qo‘yayotgani sababli rad etilgan.
«Umumiy hisobda Buxoro, Toshkent va Samarqand shaharlari, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha 11 ta loyiha tarixiy yodgorliklarning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, Kengash tomonidan berilgan tavsiyalar to‘liq bajarilmagani bois tasdiqdan o‘tmadi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

11:40
Prezident topshirig‘iga binoan Qo‘shrabotdagi o‘quvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi - Saida Mirziyoyeva

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

16:44 / 04.06.2025