Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Ron DeSantis so‘zlariga ko‘ra, gap fuqarolarning avtomobillarini o‘rab olgan va tahdid qilayotgan namoyishchilar haqida ketmoqda.

Foto: AP
AQSh Florida shtati gubernatori Ron DeSantis aholi xavfsizlikka tahdid soladigan namoyishchilarni mashina bilan bosib o‘tishga haqli ekanini aytdi.
Gubernatorning ta’kidlashicha, gap fuqarolarning avtomobillarini o‘rab olgan namoyishchilar haqida ketmoqda.
«Agar ularning orasidan chiqib ketish uchun mashinani haydab, kimnidir urib yuborsangiz, bu sizga tahdid qilgani uchun ularning aybi bo‘ladi», deb tushuntirdi DeSantis tok-shou boshlovchisi Deyv Rubinga.
14 iyun, Donald Trampning tug‘ilgan kunida amaldagi prezident siyosatiga rozi bo‘lmagan AQSh aholisi «Qirollar yo‘qolsin» nomli norozilik aksiyasi o‘tkazadi. Mitinglar allaqachon mamlakatning ko‘plab shaharlarida reja qilingan. CBS ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirning tashkiliy materiallarida «milliy itoatsizlik kuni» iborasi mavjud. Namoyishlar barcha amerikaliklar uchun «shafqatsizlik, korrupsiya va avtoritarizmga qarshi birgalikda bardosh berish» imkoniyati bo‘lishi haqida bayonot ham bor.
6 iyun kuni Los-Anjyelesda AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Ular politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi. AQSh hukumati namoyishlarni bostirish uchun Milliy gvardiya askarlarini yubordi.
Mavzuga oid

16:47
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

13:59
AQSh nodavlat tashkiloti HAMASni o‘z xodimlarini o‘ldirishda aybladi

09:34
«Ozodlik radiosi»ning dasturlari translatsiyasi to‘xtatildi

23:40 / 12.06.2025