Rossiya armiyasi Xarkivni yana o‘qqa tutdi
Rossiyaning Xarkivni dronlardan o‘qqa tutishi natijasida 11 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola jarohatlangan, deya xabar beradi rasmiylar.

Foto: Reuters
12 iyun, payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Xarkiv shahrini Shahed tipidagi hujumkor dronlardan o‘qqa tutdi, dedi shahar meri Igor Terexov va Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati raisi Oleg Sinegubov. Ularga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 11 kishi yaralangan.
Terexovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari bir kechada Xarkivga 12 ta zarba bergan. UUAdan biri maktab hududiga, ikkinchisi ko‘p qavatli uylar hovlisida joylashgan bolalar bog‘chasining o‘yin maydonchasiga kelib tushgan, dedi Terexov. Bundan tashqari, Xarkivning Saltovskiy tumanidagi ikkita turar joy binosi va fitnes markaziga zarba berildi.
Otishma oqibatida kamida 11 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola jarohatlangan, dedi shahar meri. «Turar joylar, ta’lim muassasalari, bolalar bog‘chalari, infratuzilma obektlari o‘qqa tutildi. O‘nlab mashinalar shikastlandi, maktablar va uylarning oynalari sindi», — deya sanab o‘tdi Terexov.
11 iyun, chorshanbaga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 00:31 dan 00:40 gacha Rossiya Qurolli kuchlari Xarkivning ikki tumani – Slobodskoy va Osnovyanskiy tumanlariga 17 ta Shahed uchuvchisiz uchoqlari bilan zarbalar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, 54 nafari yaralangan, yaradorlar orasida besh nafar bola ham bor. Bu haqda shahar meri Igor Terexov Telegramʼda ma’lum qildi.
Merning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p qavatli va xususiy uylar, bolalar maydonchalari, korxonalar va jamoat transportiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berilgan. Bir qancha mashinalar yonib ketgan, oynalari singan. Trolleybuslar, aloqa tarmog‘i, kommunal tarmoqlar va sanoat obektlari shikastlangan.
Mavzuga oid

23:40 / 12.06.2025
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi

21:34 / 12.06.2025
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ

17:51 / 12.06.2025
«O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasidan so‘ng Rossiya bombardimonchi samolyotlarini Uzoq Sharqqa ko‘chirdi

15:00 / 12.06.2025