Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jalik rahbaridan uning 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish uchun 21 mln so‘m pora talab qilgan. U kelishilgan puldan 7 mln so‘mini o‘z xizmat xonasida olganida ushlangan.

Foto: DXX
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari qo‘lga olingan.
Hokim o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jalik rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 mln so‘m pora talab qilgan. U shundan 7 mln so‘mini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan hokim o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:23 / 16.02.2025
Qozog‘istonda korrupsiyada ayblangan hokim o‘rinbosari O‘zbekistonda ushlandi

20:14 / 16.12.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

15:09 / 03.12.2024
Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va bo‘limi boshlig‘i lavozimi tugatiladi

17:27 / 30.11.2024