O‘zbekiston | 16:05 / 14.06.2025
1884
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi

Bunga Isroil havo hududining yopilgani sabab bo‘ldi.

Foto: Kun.uz 

Isroil Davlati havo hududining vaqtincha yopilgani munosabati bilan ushbu mamlakat bilan aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Isroil hukumati va tegishli aviatsiya idoralaridan havo hududi ochilgani to‘g‘risida rasmiy xabar kelib tushishi bilan, O‘zbekiston aviakompaniyalari tomonidan keyingi amaliyotlar yuzasidan alohida ma’lumot taqdim etiladi.

Elchixona yurtdoshlarni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, mamlakatda bo‘lish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.

Mavzuga oid