Isroildagi o‘zbekistonliklarga zaruriyatsiz ko‘ngilochar joylarga bormaslik tavsiya qilindi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda yashayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.

Mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganini e’tiborga olib fuqarolarga o‘zining shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishi va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik tavsiya etildi.
Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar joylarga bormaslik qo‘shimcha qilingan.
Elchixonaga o‘ta zarur bo‘lmagan hollarda konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turish ham so‘ralgan.
Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076.
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54 485 1397.