Parkentda gaz ta’minoti korxonasiga 999 mln so‘mlik zarar yetkazildi
Toshkent viloyatida hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Parkent tumanida joylashgan «S.S.B.» MChJga qarashli binoning gaz uskunalari hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 999,2 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:16 / 10.04.2025
Parkentdagi tog‘da adashib qolgan ikki kishi qutqarildi

16:59 / 05.04.2025
Parkentda sherlar qurboni bo‘lgan qorovul ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

13:28 / 09.03.2025