Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lish»ni talab qildi
Oq uy rahbari Qo‘shma Shtatlar Eron osmoni ustidan nazoratni qo‘lga kiritganini, shuningdek, Eron oliy rahbari qayerga yashiringanini bilishini aytdi.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida Eron haqida ketma-ket post joylashtirdi.
«Endi biz Eron osmonini butunlay va to‘liq nazorat qilyapmiz. Eronda yaxshi kuzatuv tizimlari va boshqa mudofaa uskunalari bor edi, ular juda ko‘p edi. Lekin ular AQSh yaratgan, loyihalashtirgan va ishlab chiqargan narsalar bilan taqqoslaganda hech narsa emas. Hech kim buni Amerikadan yaxshiroq qilolmaydi!» deb yozdi Tramp.
Tramp Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lishni» talab qildi. Shuningdek, AQSh Eron oliy rahbari Ali Xominaiy qayerdaligini bilishini aytdi.
«Biz «Oliy rahbar» deb ataluvchi shaxs qayerda yashiringanini aniq bilamiz. U oson nishon, lekin u omonlikda. Biz uni ushlamoqchi (o‘ldirmoqchi!) emasmiz, hech bo‘lmaganda hozircha. Lekin biz tinch aholi yoki amerikalik askarlarga qarata raketa otilishini istamaymiz. Sabr-toqatimiz to‘lib bormoqda», dedi Tramp va «So‘zsiz kapitulyatsiya (taslim bo‘lish)!» deb qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid

18:43
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

15:16
YeI AQShga qarshi 72 mlrd yevrolik javob bojlarini tayyorladi

15:03